Ertaga qanday ob-havo kutilayotgani aytildi
Bu qiziq
−
08 mart
23637O‘zgidromet ertaga, 9 mart kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Qayd etilishicha, havo bulutli bo‘ladi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 22-24 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 22-24 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘tgan 2023-2024 yillardagi qish iqlimiy me’yordan 1,5-2,6 daraja yuqori bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi