Ertaga qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zgidromet ertaga, 2 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja, kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 3 daraja sovuqqacha bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi haqida tezkor ogohlantirish bilan chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zgidromet bulut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing