Ertaga Cobalt avtomobiliga onlayn kontraktatsiya ochiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 21 iyun kuni Chevrolet Cobalt avtomobilining 2024 yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi. Bu haqda UzAuto Motors xabar berdi.

Unga ko‘ra, avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi esa navbatni kuzatish xizmatini va mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Bildirilishicha, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim. Aks holda, ushbu shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, kontraktatsiyaga qayta qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Cobalt, Damas va Labo narxlari oshishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chevrolet Cobalt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar