Ertaga ba’zi joylarda qor va yomg‘ir yog‘adi

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 7 dekabr kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+4 daraja va kunduzi +10...+12 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi Xorazmda -8...-3, Qoraqalpog‘istonda -8...-3 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +9...+14 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi. 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi Chimyonda -6...-1 daraja, Qamchiqda -7...-2 daraja va kunduzi -2...+3 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing