Ertaga ba’zi viloyatlarda kuchli shamol kuzatiladi
Bu qiziq
−
21 dekabr 2021
8299Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 22 dekabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 14-16° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi