Ertaga ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi
Bu qiziq
−
16 may 9894 3 daqiqa
O‘zgidromet ertaga, 17 may kuni qanday ob-havo kuzatilishini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Live
Barchasi