Ertaga ayrim joylarda havo harorati -12 darajagacha soviydi

Bu qiziq

image

Ertaga, 10 dekabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgarib turadi. Ayrim joylarda havo harorati -12 darajagacha pasayishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Prognozga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va kunduzi tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -1/-3 daraja sovuq, kunduzi +5/+7 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -7/-12 daraja sovuq, kunduzi 0/-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0/-5 daraja sovuq, kunduzi +5/+10 daraja iliq bo‘ladi, Navoiy viloyatining shimolida kechasi -5/-10 daraja sovuq, kunduzi 0/+5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand. Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0/-5 daraja sovuq, kunduzi +3/+8 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2/+3 daraja, kunduzi +10/+15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Farg‘ona, va Namangan viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shardan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0/-5 daraja sovuq, kunduzi +3/+8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0/-5 daraja sovuq, kunduzi -2/+3 daraja bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 9-14 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma - bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14 dekabr kunlari kechasi -10/-13 daraja, kunduzi -5/-8 daraja sovuqqacha; shimolda kechasi -17/-20 daraja, kunduzi -9/-12 daraja sovuqqacha pasayadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing