Ertaga 8 viloyatda yog‘ingarchilik bo‘ladi
Bu qiziq
−
09 yanvar 2020
8180Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 10 yanvar kuni mamlakatda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechga yaqin bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi va kunduzi tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+2 daraja, kunduzi +7...+9 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...0 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida Havo o‘zgarib turadi, kechga yaqin biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, ba’zi joylarda -2 darajagacha pasayadi, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +9...+14 daraja bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +9...+14 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...0 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -8...-3 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi