Ertaga havo harorati 38 darajagacha ko‘tariladi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda 6 iyun kuni asosan quruq va iliq ob-havo saqlanib, ayrim hududlarda harorat 38 darajagacha ko‘tarilishi, faqat ayrim tog‘li va sharqiy hududlarda qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” navbatdagi ob-havo prognozida ma’lum qildi. 

Prognozga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/soniya tezlikda esadi, ayrim vaqtlarda 10-12 metr/soniyagacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati kechasi 17-19 daraja, kunduzi esa 32-34 daraja atrofida bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham yog‘ingarchilik kutilmayapti. Shamolning tezligi ba’zi joylarda 13-18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 darajagacha ko‘tariladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham quruq ob-havo saqlanadi. Ushbu hududlarda shamol kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 30-35 daraja bo‘ladi. 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 30-35 daraja atrofida bo‘ladi. 

Eng issiq ob-havo Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilishi kutilmoqda. Bu hududlarda havo harorati kunduzi 33-38 darajagacha ko‘tariladi. Shamol sharqdan 9-14 metr/soniya tezlikda esadi. 

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida – Andijon, Namangan va Farg‘onada kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 30-35 darajagacha yetadi. 

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa havo nisbatan salqin bo‘ladi. Bu yerlarda vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 metr/soniyagacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi. 

Sinoptiklar, shuningdek, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Shu bois aholi va sayyohlarga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish tavsiya etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zgidromet ob-havo prognozi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing