Ertaga havo harorati 29 darajagacha ko‘tariladi
Bu qiziq
−
07 Oktabr 2023
5276Ertaga, 8 sentyabr kuni Respublika bo‘ylab havo harorati kechasi 15 darajagacha, kunduzi esa 29 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 daraja iliq, kunduzi 24-26 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi