Ertaga harorat 42 darajagacha isiydi
Jamiyat
−
27 iyun
8277O‘zgidromet ertaga, 28 iyun kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-27 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar ham kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ayrim hududlarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shuningdek, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda qachon anomal issiq bo‘lishi haqida prognozlar ochiqlangandi.