Ertadan O‘zbekistonga quruq va sovuq havo oqimi kirib keladi. Harorat 0 darajagacha pasayadi

Bu qiziq

image

Ertaga, 6 oktyabr kuni respublikaga Ural hududidan quruq, ammo sovuq oqim kirishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda. 

Bugun, 5 oktyabr kechqurun O‘zbekiston hududining katta qismida bulutlilik ortib, respublikaning shimoli-g‘arbiy tumanlarida shamol kuchayib 15-20 m/s gacha tezlikda esadi. 

Ertaga respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi oshadi. Tunda havo iliq, 7-12 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi esa sovuq kirishi sababli harorat 15-20 darajagacha pasayadi. Bu ko‘rsatkich kun me’yoridan 4-6 darajaga pastdir. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

7-10 oktyabrda O‘zbekiston hududi atmosferadagi shimoliy havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Tungi harorat 3-8 darajagacha, shimolda 0-5 darajagacha pasayadi. Bunday past tungi haroratlar haftaning oxirigacha saqlanib turadi.

Kunduzgi harorat 7-8 oktyabrda 17-22 darajani, 9-10 oktyabrda 15-20 darajani tashkil qiladi.

Ertaga, 6 oktyabr kuni hududlarda kuzatiladigan ob-havo ma’lumot bilan tanishing. 

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 17-19° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, tog‘ oldi va tog‘ hududlarning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘ hududlarida qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 6-11° bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

203

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing