Ertadan Toshkentdagi “pasport stollari” yana ish boshlaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va davlat sanitariya nazorati organlarining tegishli tavsiyalariga ko‘ra joriy yilning 25 martidan e’tiboran Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi binolarida fuqarolarni qabul qilish to‘xtatilgan edi. Jumladan, ushbu taqiq migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga ham tegishli edi.  

Ertaga, 4 maydan Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning tuman bo‘linmalari fuqarolar qabulini davom ettiradi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Ish kunlari: dushanbadan shanbagacha, dam olish kunlari – yakshanba va bayram kunlari.

Ish vaqti: soat 9.00 dan 18.00 ga qadar. Tushlik vaqti: 13.00 dan 14.00 gacha.

Qayd etilishicha, qabul sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga qat’iy amal qilingan holda olib boriladi. Fuqarolardan tibbiy niqob taqishni va ijtimoiy masofani saqlashni so‘raladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing