Ertadan havo harorati yana isiy boshlaydi 

Bu qiziq

image

Ertaga, 14 noyabr kuni respublika bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja, kunduzi 16-18 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo yog'ingarchilik issiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing