Erta o‘lim xavfini ikki baravar oshiradigan omil ma’lum bo‘ldi

Salomatlik

image

Astmaning og‘ir shakli erta o‘lim xavfini qariyb ikki baravar oshirishi mumkin. Karolinska instituti tadqiqotchilari shunday xulosaga keldi. Tadqiqot natijalari “European Respiratory Journal” (ERJ) jurnalida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, olimlar astma bilan kasallangan 11 mingdan ortiq bemorning ma’lumotlarini tahlil qilgan va ularni 20 yil davomida kuzatib borgan. Ishtirokchilar kasallikning og‘irlik darajasiga qarab guruhlarga bo‘lingan. Kuzatuv davrida og‘ir astmasi bor odamlar orasida o‘lim ko‘rsatkichi 34 foizga yetgan, yengil va o‘rtacha shakllarda bu ko‘rsatkich taxminan 20 foizni tashkil etgan.

“Xavflar miqdorida bu kasallikning og‘ir kechishi bo‘lgan bemorlarda erta o‘lim ehtimoli deyarli ikki baravar ko‘payishini anglatadi. Shu bilan birga, astmaning o‘zi kamdan kam hollarda o‘limning bevosita sababiga aylanadi. Yuqori o‘lim ko‘rsatkichiga asosiy hissani hamroh kasalliklar qo‘shadi”, deydi olimlar.

Astmada ko‘pincha tizimli yallig‘lanish yuzaga keladi – organizmda ko‘plab maxsus signal molekulalari, ya’ni sitokinlar ishlab chiqariladi. Ularning haddan tashqari ko‘pligi qon tomirlarining elastikligini kamaytirishi, ularning devorlari o‘tkazuvchanligini oshirishi va qon aylanishini buzishi mumkin. Shuningdek, miokard infarkti yoki insultga olib keladigan tromboz xavfi ortadi.

Og‘ir astmasi bor bemorlarda onkologik patologiyalar ham tez-tez rivojlanadi, bu esa uzoq muddatli istiqbolda o‘lim sababi bo‘lib xizmat qiladi. Nafas olish va yurak-qon tomir tizimlariga doimiy yuklama keltirib chiqaradigan tez-tez xurujlar ham qo‘shimcha xavf omili hisoblanadi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, og‘ir astma nisbatan kam uchraydi – bu shbu tashxis qo‘yilgan barcha bemorlarning taxminan 3-8 foizida. Shunga qaramay, aynan shu guruh eng diqqat bilan tibbiy nazorat qilinishni talab etadi, chunki zamonaviy terapiyaga qaramay, ular tizimli asoratlar oldida zaif bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq har kuni atigi 5 daqiqa qo‘shimcha jismoniy mashqlar va o‘tirish vaqtini yarim soatga qisqartirish millionlab odamlarning uzoqroq umr ko‘rishiga yordam berishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Astma Erta o'lim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar