Erta qarigan Semmi Basso 28 yoshida vafot etdi

Olam

image

Kamyob irsiy progeriya (erta qarish) kasalligiga chalingan italiyalik Semmi Basso 28 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 1995 yilda Italiya shimolidagi Veneto viloyatida tug‘ilgan Bassoga ikki yoshida progeriya tashxisi qo‘yilgan. 2005 yilda u ota-onasi bilan Italiyaning Progeriya uyushmasiga asos solgan.

Semmi “National Geographis”ning “Semmining sayohati” hujjatli filmi orqali mashhur bo‘lgan. Ushbu hujjatli filmda uning Amerika Qo‘shma Shtatlarida Chikagodan Los-Anjelesga ota-onasi va do‘sti Rikkardo bilan qilgan sayohati tasvirlangan. 

Ma’lumot uchun, Hatchinson-Gilford sindromi nomi bilan ham tanilgan progeriya odamlarning tez qarishiga olib keladi va bu ularni o‘z yoshidan kattaroq ko‘rinishiga sabab bo‘ladi, hayot sifatini pasaytiradi va umr ko‘rish davomiyligi atigi 13,5 yilni tashkil qiladi. Dunyo bo‘ylab har 20 milliondan bitta chaqaloq ushbu sindromga chalinadi. Butun dunyoda progeriya bilan kasallangan 130 nafar inson aniqlangan, ulardan to‘rttasi Italiyada istiqomat qiladi.

Shohjahon Majidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Semmi Basso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar