Eronning ortidan Iroq va Suriya ham havo hududini yopdi

Olam

image

Bugun, 8 iyunga o‘tar kechasi Iroq va Suriya Tehron tomonidan Isroilga raketa uchirilganidan keyin o‘z havo hududining bir qismini yopdi. Bu haqda “Middle East Eye” xabar berdi.

Erondan keyin Iroq ham vaqtincha o‘z havo hududini yopgan va havo harakatini to‘xtatgan. Fuqaro aviatsiyasi vakillari xavfsizlik sabablarini keltirgan. Iroq aviatsiya boshqarmasi ta’qiq 72 soat davom etishini ma’lum qilgan.

Suriya ham o‘zining janubiy havo hududini 12 soatga yopgan va Damashq aeroporti faoliyatini to‘xtatgan.

Qayd etish joiz, Yaqin Sharqda keskinlik keskin darajada oshgani sabab Eron o‘zining havo hududini to‘liq yopgandi, Isroil esa xavfsizlik vaziyati yomonlashgani sababli butun mamlakat bo‘ylab maktablarda darslarni bekor qilgan.

Eron fuqaro aviatsiyasi tashkiloti mamlakat havo hududi barcha fuqaro reyslari uchun to‘liq yopilganini ma’lum qilgan. Bu qaror ehtimoliy harbiy tahdidlar va yuqori tayyorgarlik holati fonida qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 iyun kuni Eron Isroilning shimoliy hududlariga bir necha to‘lqinda raketa hujumlarini amalga oshirgandi. Isroil Mudofaa armiyasining (SAHAL) ma’lum qilishicha, Eron tomonidan uchirilgan barcha raketalar havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi esa Isroil yanada kuchli zarbalarga duch kelishini ma’lum qilgan.

Keyinroq Isroil Mudofaa armiyasi Eronning raketa hujumlaridan so‘ng javob zarbasini amalga oshirganini ma’lum qilgan.

“Biroz avval Isroil harbiy-havo kuchlari Eronning g‘arbiy va markaziy hududlarida joylashgan harbiy nishonlarga zarba berdi”, deyiladi SAHAL bayonotida.

Armiya vakillari operatsiya tafsilotlari keyinroq ma’lum qilinishi aytgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing