Eronning Isroilga hujumi sanasi ma’lum qilindi

Olam

image

AQSH razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron Shahed dronlari va qanotli raketalardan foydalangan holda Isroilga qarshi javob zarbasini beradi. Bu haqda "CBS News" o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, Eronning javobi mutanosib bo‘ladi: ya’ni Isroilning mintaqa davlatlaridan biridagi elchixonasiga zarba beriladi. Bu 5-10 aprel kunlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Isroil aviatsiyasi dushanba, 1 aprel kuni Suriya poytaxtidagi Eron konsulxonasi binosiga raketa zarbasini berdi. Oqibatda konsullik binosi butunlay vayron qilindi, shuningdek, 11 kishi, jumladan, 7 nafar eronlik harbiy halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining ikki nafar yuqori lavozimli generali ham bor.

AQSH va Isroil hukumati 1 aprel kuni Damashqdagi Eron konsulligiga uyushtirilgan hujumdan so‘ng Tehron tomonidan ehtimoliy javob hujumlariga tayyor turish uchun Yaqin Sharqdagi o‘z qurolli kuchlarini shay holatga keltirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing