Eronlik futbolchi faoliyatini Italiyaning top klubida davom ettirishi mumkin
Sport
−
16 Oktabr 2023
3508Italiyaning “Inter” klubi “Portu”ning eronlik hujumchisi Mehdi Taremiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Inter” Taremini qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, biroq eronlik futbolchining “Portu” bilan shartnomasi yozda tugaydi. O‘shanda Milan klubi Taremini tekinga qo‘lga kiritishi mumkin.
Qayd etilishicha, Taremi yaqin oylarda Portugaliya pasportini oladi, bu esa vaziyatni biroz murakkablashtiradi. Ya’ni futbolchining joriy klubida qolish imkoniyati oshadi.
Shuningdek, agar Taremi transferi muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, “Inter” “Chelsi” hujumchisi Armando Broya transferi bo‘yicha ishga kirishadi.
O‘tgan yozda Taremi 15 million yevro evaziga “Milan”ga o‘tishga yaqin turgandi, ammo hujumchining agenti Jorje Mendesh talablarni o‘zgartirgandan so‘ng, kelishuv amalga oshmay qoldi.
Taremi 2022/23 yilgi mavsumda 33 uchrashuvda 22 gol urib, Portugaliya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Joriy mavsumda 31 yoshli hujumchi chempionatning 8 ta uchrashuvida 1 ta gol urdi.
LiveBarchasi