Eronga 3 marta borgani Xaviga qimmatga tushdi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi bosh murabbiyi Xavi “ko‘k anorranglilar” bilan birga AQSHga uchmaydi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar tez orada AQSHga mavsumoldi musobaqasida qatnashish uchun uchib ketadi. Biroq bosh murabbiy jamoa bilan safarga chiqmaydi. 

Dastlab, “Barsa” rasmiyalari Xavining Amerikaga bora olmasligini ma’muriy va pasport masalalaridagi muammo bilan izohlagandi. Biroq Xavining Eronga borgani tufayli AQSHga kirishiga ruxsat berilmagan. Ispaniyalik futbolchi Qatarning “Al-Sadd” klubi futbolchisi bo‘lganida bu mamlakatga uch marta tashrif buyurgan.

Qayd etish joizki, Xavi AQSHga kirish uchun maxsus ruxsat olishi kutilgandi, biroq so‘nggi daqiqada unga rad javobi berilgan. “Barselona” rahbariyatida muammoni hal qilish uchun joriy yilning 18 iyuligacha kutishi kerak bo‘ladi.

Avvalroq, “Barselona” Robert Levandovskining transferi bo‘yicha “Bavariya” bilan kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

721

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing