Eronda josuslik va korrupsiyada ayblangan sobiq amaldor qatl etildi – OAV

Olam

image

Eron adliyasi Islom Respublikasi sobiq mudofaa vaziri Ali Shamxaniyning sobiq maslahatchisi (1997–2005) Alirizo Akbariyga nisbatan o‘lim jazosini ijro etdi. Bu haqda shanba kuni “IRNA” agentligi adliya organlariga tayanib xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Eron va Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan sobiq amaldor Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilish, shuningdek, korrupsiyada aybdor deb topilgan. Biroq Akbariy o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni inkor etib, ular asossiz ekanini ta’kidlagan.

Shuningdek, BBC radioeshittirish korporatsiyasining fors tilidagi nashri sobiq amaldor taxminan o‘n oy oldin hibsga olingani, hibsda qiynoqqa solinganini da’vo qilgan edi. Yaqinda Buyuk Britaniya Eron hukumatini Akbariyni qatl qilmaslikka chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing