Eronda uch nafar ayol jurnalist hibsga olindi
Olam
−
23 yanvar 2023
4423Tehronda uch jurnalist Melika Hoshimiy, Saida Shefiya va Mehrnush Zariya hibsga olindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, OAV xodimlari poytaxtdagi Evin qamoqxonasiga olib ketilgan. Bu haqda Eron jurnalistlari uyushmasi xabar berdi.
Saida Shefiyaga “hozirgi rejimga qarshi tashviqot” va “milliy xavfsizlikka tahdid” ayblovlari qo‘yilgan. Yana ikki jurnalist nimada ayblanayotgani hozircha noma’lum.
Huquqshunoslarning ma’lum qilishicha, 2022 yil sentyabridagi namoyishlar boshidan buyon Eron Islom Respublikasida jami 79 jurnalist hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, 7 yanvar kuni Eronda norozilik namoyishlari paytida xavfsizlik xodimini o‘ldirishda ayblangan ikki kishi osib o‘ldirilgandi. Mamlakatda namoyishlar 2022 yilning 16 sentyabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafotidan so‘ng boshlandi va noroziliklar fonida ko‘pgina fuqarolar qatl etildi.
LiveBarchasi