O‘zbekiston NNT majburiyatlariga o‘zgartirish kiritadi

Jamiyat

image

“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi 763-I-sonli Qonuni 8-moddasining (Nodavlat notijorat tashkilotining majburiyatlari) uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinishi mumkin:

“Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, shuningdek chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishib olishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.

8-moddaning uchinchi qismi amaldagi tahriri hozirda quyidagicha:

Nodavlat notijorat tashkilotlarining tadbirlar o‘tkazishni, shuningdek chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishib olishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

•    hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;
•    davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlaydi;
•    ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

NNT

Baholaganlar

2

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing