Eronda non narxi oshishi ortidan namoyishlar boshlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Eronda non narxining ko‘tarilishi norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi va natijada ba’zi do‘konlar yoqib yuborildi. Politsiya ko‘plab “provakatorlarni hibsga olgan”. Bu haqda “Reuters” agentligi ma’lum qildi.

Noroziliklarga davlat tomonidan import qilinadigan bug‘doy uchun subsidiyalarning qisqartirilishi sabab bo‘lgan, bu esa asosi un bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxining 300 foizga oshishiga sabab bo‘lgan.

Eronning rasmiy inflyatsiya darajasi 40 foiz atrofida va ba’zilar buni 50 foizdan ortiq deb hisoblashadi. Hozirda 82 millionlik Eron aholisining deyarli yarmi qashshoqlik chegarasida yashaydi.

Hukumat yaqin bir necha oy ichida cheklangan miqdordagi non uchun raqamli kuponlarni subsidiyalangan narxlarda taklif qilishni rejalashtirmoqda. Qolganlari bozor narxlarida taklif qilinadi. Boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ham keyinroq subsidiyali tartibga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Reuters” ma’lumotlariga ko‘ra, bir qator shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, unda olomon narxlar oshishiga qarshi shiorlar aytib, ba’zi do‘konlarni yoqib yuborishgan. Hammasi bo‘lib 22 kishi hibsga olingan.

“Provokatorlarning namoyishchilarni gijgijlashga urinishlariga qaramay, mitinglar xavfsizlik kuchlarining aralashuvi bilan yakunlandi”, — deya xabar bergan mahalliy IRNA nashri.

Eng yirik namoyish neftga boy janubi-g‘arbiy Xuziston viloyatidagi Dezful shahrida bo‘lib o‘tdi. Nashriyot xabariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari 300 ga yaqin odamni tarqatib yuborgan hamda shaharda “tartibsizlik yaratishga uringan” 15 kishi hibsga olingan.

Shuningdek, Eron g‘arbidagi Chaxormaxal va Baxtiariya viloyatidagi Shahri-Kurdda 200 ga yaqin odam namoyish o‘tkazgan, deya ma’lum qildi “Reuters”.

Davlat televideniyesi Shahri-Kurdda osoyishtalik o‘rnatilganini aytsada, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videolarda tartibsizliklar 13 may kuni shimoli-g‘arbdagi Ardabil, shimoldagi Rasht va janubi-sharqdagi Eronshahr kabi shaharlarga yoyilganini ko‘rsatmoqda.

Fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri bug‘doy narxi global miqyosda keskin oshdi va Erondagi subsidiyalar narxini oshirib yubordi.

Eron rasmiylari, shuningdek, narxlarning ko‘tarilishini qo‘shni Iroq va Afg‘onistonga subsidiyalangan non kontrabandasi bilan bog‘lagan.

 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing