Eronda namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlagan taniqli aktrisa hibsga olindi

Olam

image

Eronda namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlagan taniqli aktrisa Tarona Alido‘stiy hibsga olindi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, aktrisa Tarona Alido‘stiy Eron hukumatining tartibsizliklarni bostirish borasidagi harakatlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilgan. U noyabr oyida namoyishchilar bilan birgaligini bildirib, Instagram'ga hijobsiz tushgan suratini joylagan.

Shuningdek, u Instagram'da hukumatga qarshi chiqqan namoyishchining qatl etilishini qoralab, post qoldirgan.

"Uning ismi Muhsin Shikoriy edi. Bu xunrezlikni kuzatayotgan va hech qanday chora ko‘rmaydigan har bir xalqaro tashkilot uchun bu sharmandalik", deb yozgan u.

IRNA davlat axborot agentligiga ko‘ra, aktrisa o‘z da’volarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim eta olmagani uchun politsiya tomonidan hibsga olingan.

Aktrisaning 8 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan akkaunti yaqinda o‘chirib tashlangan.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli Alido‘stiy eronlik eng muvaffaqiyatli aktrisalardan biridir. U 2016 yilda xorijiy tildagi eng yaxshi film nominatsiyasida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan "Kommivoyajer” filmida ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing