Eronda karantin choralari kuchaytiriladi
Olam
−
15 noyabr 2020 4893 1 daqiqa
Eronda 21 noyabrdan boshlab koronavirus pandemiyasi sababli qat’iy cheklovlar joriy qilinadi. Bu haqda davlat televideniyesi orqali Eron prezidenti Hasan Ruhoniy e’lon qilgan.
Unga ko‘ra, eng keskin choralar Tehronda va boshqa 100 ga yaqin shahar va qishloqlarda joriy etiladi.
"Cheklovlar nafaqat ish joylari, balki universitet, maktab va o‘quv markazlari uchun ham amal qiladi", degan Ruhoniy.
Ma’lumot uchun, Eronda 762 mingdan ko‘p kishi koronavirusga chalingan. 41 ming 493 kishi vafot etgan. So‘nggi sutka davomida 11 mingdan ortiq yangi kasallanish holatlari aniqlangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025