Eronda Isroil josuslaridan biri qatl etildi

Olam

image

Eronda Isroilning eng muhim josuslaridan biri Bahman Choubi-Asl qatl etildi. Bu haqda bugun, 29 sentyabr kuni Eron Oliy sudining “Mizan” axborot portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bahman Choubi-Asl ma’lumotlar bazasi bo‘yicha ekspert bo‘lib, mamlakatning muhim telekommunikatsiya loyihalarida ishtirok etgan. O‘z tajribasi sababli u ko‘plab loyihalarida menejer sifatida qatnashgan va mamlakatning hayotiy muhim ma’lumotlar bazalariga kirish huquqiga ega bo‘lgan. 

Bahman Choubi-Asl ma’lumotlar bazasi mutaxassisi diplomini olgach, Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan birida o‘tkazilgan maxsus kurs davomida “Mossad” agentlari bilan uchrashgan. “Mossad”ning asosiy maqsadi hukumat idoralari ma’lumotlar bazasiga kirish va Eronning ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarida zaiflik yaratish bo‘lgan. Shuningdek, ikkinchi darajali maqsad sifatida elektron jihozlarni import qilish yo‘nalishini aniqlash ham nazarda tutilgan. 

G‘arb siyosatshunoslarining fikricha, josusning qatl etilishi Isroil bilan joriy yilning iyun oyidagi to‘qnashuv va BMTning yadro dasturi bo‘yicha yangi sanksiyalaridan keyin tizimli tus olgan keng qamrovli qatl to‘lqinining bir qismi hisoblanadi. Huquq himoyasi bo‘yicha tashkilotlar bahosiga ko‘ra, faqatgina 2025 yilda Eronda mingdan ortiq odam qatl etilgan bo‘lib, bu 1988 yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida ham Eronda “Mossad” foydasiga josuslik qilishda ayblangan erkak qatl etilgani haqida xabar berilgan edi. U Eron haqidagi maxfiy ma’lumotlarni pul evaziga uzatgan va Isroil razvedkasi – “Mossad”ning ikki xodimi bilan aloqada bo‘lgan. Shuningdek, Fekri “Mossad” zobitlaridan biriga shifrlangan aloqa orqali Eronning yashirin ob’ektlari, shtab-kvartiralari joylashuvi, shuningdek, ayrim shaxslar haqidagi ma’lumotlarni yetkazishga harakat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil josus Mossad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing