Eronda internetga ulanish qisman tiklandi

Olam

image

Eronning ayrim hududlarida iqtisodiy inqiroz fonida boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari davom etayotgan bir paytda internetga ulanish qisman tiklandi. Bu haqda mahalliy “Mehr” agentligiga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

“Mehr” ma’lumotiga ko‘ra, ayrim foydalanuvchilar uchun internetga ulanish imkoniyati qayta ochilgan, biroq aynan qaysi cheklovlar olib tashlangani va fuqarolar xalqaro platformalardan foydalana olayotgan-olmayotgani aniqlashtirilmagan. Agentlikning Telegram-kanalida yozilishicha, mahalliy Rubika platformasida shaxsiy xabarlar yuborish funksiyasi paydo bo‘lgan. 

Shuningdek, “Fars News Agency” X ijtimoiy tarmog‘ida mobil telefon foydalanuvchilari uchun SMS yuborish xizmati ham qayta ishga tushirilganini ma’lum qildi. Biroq internet-trafikni kuzatuvchi NetBlocks xizmatiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab umumiy internetga ulanish darajasi taxminan 2 foiz atrofida qolmoqda va sezilarli tiklanish alomatlari kuzatilmayapti. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 8 yanvar kuni tartibsizliklar fonida Eron hukumati internet va mobil aloqani to‘liq o‘chirib qo‘ygan edi. Shu bilan birga, Ilon Maskka tegishli bo‘lgan AQSHning SpaceX kompaniyasi mamlakat bo‘ylab internet uzilgan vaqtda Eron uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmatini bepul qilgan. Namoyishchilar Starlink’dan foydalanishda davom etmoqda, biroq ulanish asosan chegaraga yaqin shaharlarda mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Eron internet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing