Eronda Germaniya fuqorosi o‘limga hukm qilindi

Olam

image

Eron sudi Germaniya-Eron fuqarosi Jamshid Sharmahdni “Yerdagi korrupsiya” jinoyatida aybdor deb topib, uni o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSHda yashab kelgan 67 yoshli Sharmahd 2020 yilda eron agentlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va Ummon orqali Eronga olib o‘tilgan. Tehron sudi Jamshid Sharmahdni terror amaliyotlarini rejalashtirish va ularga rahbarlik qilish orqali Yer yuzida korrupsiyani tarqatishda aybdor deb topgan. Sud uning “Tondar” nomi bilan tanilgan terrorchi guruhining yetakchisi bo‘lgani va 23 ta teraktni rejalashtirgani, shulardan beshtasi muvaffaqiyatli bo‘lgani, jumladan, 2008 yilda 14 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Sherozdagi masjidni portlatgani haqida ma’lum qilgan. 

Biroq Jamshid Sharmahd bu da’voni rad etgan. Inson huquqlari tashkiloti ham u majburiy iqrorlar asosida o‘ta adolatciz sudga duch kelganini aytgan. Shuningdek, Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok hukmni qoralagan.

“Biz Eronni apellyatsiya jarayonidagi ushbu kamchiliklarni bartaraf etishga, hukmni shunga mos ravishda tuzatishga va o‘lim jazosidan voz kechishga chaqiramiz. Sharmahdga o‘lim jazosi qo‘llanilishi kuchli javobga sabab bo‘ladi”, deyiladi Germaniya TIV bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron Mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari, Britaniya-Eron fuqarosi Alirizo Akbariy Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilganlikda ayblanib, o‘limga hukm qilingandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing