Eronda 32 yoshli “Mossad” josusi qatl qilindi
Olam
−
14 may 2076 1 daqiqa
Kecha, 13 may kuni Eron rasmiylari 32 yoshli erkakni Isroil foydasiga josuslikda ayblab qatl qildi. Bu holat AQSH–Isroil va Eron o‘rtasidagi urush boshlanganidan beri josuslik ayblovi bilan amalga oshirilgan oltinchi qatl bo‘ldi. Bu haqda Eron sud hokimiyatining “Mizan Online” nashri xabar qildi.
Qayd etilishicha, 32 yoshli Ehson Afreshteh ismli shaxs “Mossad” tomonidan Nepalda tayyorgarlikdan o‘tgan josus sifatida ko‘rilgan va u Isroilga maxfiy ma’lumotlarni sotganlikda ayblangan.
Biroq Norvegiyada joylashgan Eron inson huquqlari tashkilotlari bu ayblovlarni alohida bayonotlarida rad etib, Afreshteh Isroil razvedkasi bilan maxfiy ma’lumot almashganini inkor etgan. Shuningdek, kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan Afreshteh faqat mustaqil veb-saytlarni kiberhujumlar haqida ogohlantirganini aytib kelgan. Afreshtehning otasi ham bu hukmni eshitgach, yurak xurujidan vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning shimoli-g‘arbidagi G‘arbiy Ozarbayjon viloyatida Isroil rejimining “Mossad” razvedka xizmatiga josuslik qilgan Yoqub Karimpur va Nosir Bekarzodalar qatl etilgandi. Shuningdek, Isfahon viloyati markazidagi Natanz yadroviy poligoni yaqinida razvedka ma’lumotlarini to‘plashda ayblangan bir kishiga nisbatan chiqarilgan o‘lim hukmi ijro etilgan.

Live
Barchasi