Eronda 100 ga yaqin Starlink faol holatda turibdi – Ilon Mask

Texnologiya

image

“SpaceX” bosh ijrochi direktori Ilon Mask Eronda 100 ta Starlink faol holatda turganini ma’lum qildi. Starlink internet mavjud bo‘lmagan hududlarda yuqori tezlikdagi internet aloqasini ta’minlab beruvchi sun’iy yo‘ldosh tizimidir. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Joriy yilning 26 dekabr kuni Ilon Mask Twitter’dagi sahifasida "Eronda 100 ga yaqin Starlink faol holatida”, deya xabar qoldirgan. 

Ma’lumot uchun, sentyabr oyida 22 yoshli Mahsa Aminining politsiya hibsxonasida o‘limi ortidan internetda ko‘plab norozilik vediolari tarqalgan edi. Shu sababdan Eron hukumati internetda bir qator cheklovlarni kiritgan. 

Shuningdek, sentyabr oyida milliarder Eron hududida Starlink faollashtirishini aytib o‘tgan edi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

386

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing