Eronda Hukumat bir yilda 1900 dan ortiq kishini o‘ldirdi

Olam

image

Eronda 2025 yilda 1922 kishi qatl etilgan. Ular giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar, qotillik, josuslik va zo‘rlashda ayblangan. Bu haqda Eron inson huquqlari faollari axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan 2025 yilgi Eron inson huquqlari bo‘yicha hisobotda so‘z borgan.   

Qayd etilishicha, 2015 va 2025 yillar oralig‘ida qatl etilganlar soni bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. 

Statistikaga ko‘ra, 2025 yilda Eronda 1922 kishi qatl etilgan, bu so‘nggi o‘n yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 

Hisobotda shuningdek, o‘tgan yili qatl etilganlarning 87 foizi erkaklar, 3 foizi ayollar bo‘lganligi va qatl etilganlarning 10 foizining jinsini aniqlashning iloji bo‘lmaganligi bildirilgan. 

Avvalroq, Iran Human Rights dekabr oyining boshigacha bo‘lgan davrda kamida 1500 ta qatlni aniqlaganini xabar qilgandi. Faqat 2025 yil dekabr oyining o‘zida 376 ta o‘lim jazosi ijro etildi – bu 37 yil ichidagi oylik rekord ko‘rsatkich.

Iran Human Rights ma’lumotlariga ko‘ra, qatl etilganlar soni 2022 yilda, mamlakat ayollarga nisbatan zulmga qarshi norozilik namoyishlari bilan larzaga kelganida tez sur’atlar bilan o‘sishni boshlagan: o‘sha yili 520 kishi, keyingi yili esa 832 kishi qatl etilgan.

Josuslik yoki norozilik namoyishlarida ishtirok etish kabi siyosiy jihatdan nozik jinoyatlar uchun o‘lim jazosi qo‘llanilishi holatlari ma’lum. Biroq, o‘lim jazosining 99% qotillik yoki giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun beriladi va bu foiz o‘zgarishsiz qolmoqda. 

Eron siyosiy faollarining ta’kidlashicha, hukmron rejim o‘z barqarorligiga tahdid solayotganini sezganda, o‘lim jazosi soni ko‘payadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Saudiya Arabistoni bir yil ichida amalga oshirilgan qatllar soni bo‘yicha o‘zining avvalgi rekordini yangilagani xabar qilingandi. 2025 yilda kamida 347 kishi qatl etilgan. Taqqoslash uchun, 2024 yilda 345 ta qatl amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron o'lim jazosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing