Eron JCH tarixidagi eng keksa tarkib rekordini o‘rnatdi
Sport
−
12:12 1625 1 daqiqa
Eron terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining ikkinchi turida Belgiyaga qarshi bahsda mundiallar tarixidagi eng keksa yoshli asosiy tarkibni maydonga tushirdi. Bu haqda “Opta” statistik portali ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan 11 nafar futbolchining o‘rtacha yoshi 32 yosh 181 kunni tashkil etgan. Shu tariqa, Eron terma jamoasi qariyb 28 yildan buyon yangilanmay kelayotgan rekordni ortda qoldirdi.
Avvalgi rekord Germaniya terma jamoasiga tegishli edi. Nemislar 1998 yilgi Jahon chempionatida o‘rtacha yoshi 31 yosh 334 kun bo‘lgan tarkib bilan maydonga tushgandi.
Ma’lumot uchun, Eron va Belgiya o‘rtasidagi bahs 0:0 hisobida yakunlandi. Ushbu natijadan keyin har ikki jamoa hisobida ikkitadan ochko mavjud va hozirda turnir jadvalida Misr terma jamoasidan keyin 2 va 3-o‘rinlani egallab turibdi.
Live
Barchasi