Eron YeOIIda kuzatuvchi maqomini olmoqchi

Olam

image

Tehron Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi davlat maqomini olish va tashkilot bilan yaqinlashuvni davom ettirish niyatida. Bu haqda Eronning Moskvadagi elchisi Kozim Jaloliy Rossiya-Eron hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda aytib o‘tdi.

“Kelajakda yaqinlashuvning birinchi bosqichi sifatida biz YeOIIda kuzatuvchi bo‘lishni xohlaymiz, keyin Rossiya Federatsiyasi va boshqa ishtirokchi davlatlar ko‘magida keyingi bosqichlar davom etadi”, deydi diplomat.

Shuningdek, Jaloliy Rossiya va Eronning faol ishtirokida amalga oshirilayotgan “Shimol-Janub” xalqaro transport koridorining rivojlanish sur’atlariga e’tibor qaratdi. 

“Ushbu loyiha nafaqat har ikki davlat uchun foydali, balki mintaqa davlatlari ishtirokida yangi blokning shakllanishiga ham hissa qo‘shadi. U bizni birlashtiradi, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaydi”, deydi elchi.

Uning ta’kidlashicha, 2023 yilda yo‘nalishning sharqiy qismida yuk tashish hajmi qariyb 650 ming tonnani tashkil qilgan. 

“Ushbu liniyaning to‘liq quvvati 15 million tonnani tashkil etadi, biroq uning muvaffaqiyatli ishga tushirilishining o‘zi yuk aylanmasi hajmini kengaytirish imkonini beradi va ishonchim komilki, bu amalga oshadi”, deb ta’kidlaydi Jaloliy.

Ma’lumot uchun, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya a’zo hisoblanadi. O‘zbekiston esa 2020 yildan beri tashkilotda kuzatuvchi davlat hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eron EOII Kozim Jaloliy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing