Eron va Pokistondan olib kelingan kartoshkada xavfli zararkunandalar aniqlandi

Olam

image

Joriy yilning 25 sentyabr kunidan boshlab Eron va Pokiston davlatlaridan olib kirilayotgan iste’mol kartoshka mahsulotlarida O‘zbekiston Respublikasi hududi uchun karantin ahamiyatiga ega o‘ta xavfli zararli organizmlar – oltinrang va nimrang nematodalar bilan zararlanish holatlari tizimli ravishda aniqlanmoqda. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi matbuot kotibi Sabina Sadinova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xalqaro ekspertlarning hisob-kitobiga ko‘ra, nematodalarning qishloq xo‘jaligi ekinlariga yillik zarari butun dunyo miqyosida 100 milliard dollardan oshmoqda.

“Respublika hududida 86,529 ming gektar kartoshka, 24,591 ming gektar pomidor, 12,7 ming gektar qalampir va 137 ming gektar  poliz ekinlari yetishtirilayotganini inobatga olinsa, xavf ko‘lami yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.

Zararkunandalar tarqalgan hududlarda 30 yilgacha kartoshka va poliz ekinlarini yetishtirib bo‘lmaydi”, deydi Sabina Sadinova.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning avgust oyidan bugungi kunga qadar respublika hududiga 110 ming tonna iste’mol kartoshkasi olib kirilgan bo‘lib, shundan 104 ming tonna mahsulotga fitosanitar talablarga muvofiqligi to‘g‘risida fitosanitar sertifikatlar taqdim etilgan.

Shu bilan birga, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan tezkor ravishda xavfli nematodalar aniqlangan iste’mol kartoshka mahsulotining 3 525 tonnasi (3,2 foizi) eksportyor davlatga qaytarildi. 775 tonna (0,7 foizi) mahsulotni esa  tadbirkorlik subektlari tomonidan qaytarish imkoniyati yo‘qligi tufayli maxsus ob’ektlarda yo‘q qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Pokiston kartoshka

Baholaganlar

461

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing