Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirishga urindi – Netanyaxu
Olam
−
08:15 2881 1 daqiqa
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron uning o‘g‘illaridan birini o‘ldirishga uringanini ma’lum qildi, biroq qachon, qaysi o‘g‘li nishonga olingani va suiqasd rejasi qanchalik yaqin amalga oshgani haqida ma’lumot bermadi. Bu haqda u kecha, 24 avgust kuni Isroilning “Channel 14” telekanaliga bergan telefon intervyusida aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron o‘g‘illaridan birini nishonga olgan va uni o‘ldirishga uringan.
“Eron o‘g‘illarimdan birini nishonga oldi. Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirishga urindi”, degan Netanyaxu.
Bosh vazir qaysi o‘g‘li haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmagan. Uning katta o‘g‘li Yair Mayamida yashaydi. Eronning Nyu-Yorkdagi BMTdagi vakolatxonasi Netanyaxuning ayblovlariga hozircha izoh bermagan.
Netanyaxu bu gaplarni Isroilda 27 oktyabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan umumiy saylovlar oldidan aytdi. Uning koalitsiyasi jamoatchilik fikri so‘rovlarida ortda qolmoqda.
Shuningdek, Netanyaxu Shin Bet xavfsizlik xizmati rahbari David Ziniga bosh vazirlikka nomzodlarning barchasiga tegishli xavfsizlik choralarini ta’minlash kerakligini aytganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan ochiq ziddiyatga kirishishga tayyor ekani aytilgandi.
Live
Barchasi