Eron Trampning so‘zsiz taslim bo‘lish haqidagi talabiga javob qaytardi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning Eronni “so‘zsiz taslim bo‘lish” haqidagi chaqirig‘idan so‘ng, Islom Respublikasi oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy Vashingtonga tahdidlar bilan chiqdi. Bu haqda u bugun, 18 iyun kuni qilgan telemurojaatida so‘z ochdi.

“Eronga qarshi har qanday harbiy aralashuv, shubhasiz, ularga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadi”, dedi u.

Xomanaiy Trampning talabini rad etdi va Eron xalqiga “tahdidlar tilida gapirib bo‘lmasligi”ni ta’kidladi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi ham xorijiy davlatlarni Isroil bilan harbiy mojaroga aralashmaslikdan ogohlantirdi.

“Uchinchi davlatning to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy aralashuvi “butun mintaqani qamrab oladigan va hatto undan tashqariga chiqadigan keng ko‘lamli urushga olib kelishi mumkin”, dedi Eron Tashqi ishlar vazirligi so‘zlovchisi Ismoil Baqoiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar olib borishni istamasligini va mamlakat butunlay taslim bo‘lishini kutayotganini aytgandi. Tramp, shuningdek, AQSH Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning qayerda yashirinayotganini bilishini aytdi. U uni “oson nishon” deb atagan, ammo Ali Xomanaiy hozir xavfsiz ekanini qo‘shimcha qilgan. Bundan tashqari, Tramp Eron yadro dasturi bilan bog‘liq vaziyatni hal qilish uchun Tehron yadroviy qurol yaratish qobiliyatidan butunlay voz kechishi kerakligini aytdi. U Eron yadro quroliga ega bo‘lishga “juda yaqin” ekanini bildirdi. Oq uy rahbari Eronning yadroviy dasturini AQSH aralashuvi zarur bo‘lishidan ancha oldin “yo‘q qilish” mumkinligiga umid bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Eron-Isroil Oyatulloh Ali Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing