Eron TIV rahbari HAMAS yetakchisi bilan uchrashdi

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Dohada HAMASning Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya bilan uchrashdi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

“Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Qatar poytaxti Dohada HAMAS siyosiy byurosi rahbari bilan gaplashib oldi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar G‘azo sektori va G‘arbiy Sohildagi siyosiy vaziyatni, shuningdek, so‘nggi voqealarni muhokama qildi”, deyiladi Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

IRNA agentligining yozishicha, uchrashuv Dohadagi HAMAS siyosiy byurosining qarorgohida bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda Xoniya Abdullohiyonning Qatarga 7 oktyabrdan buyon to‘rtinchi tashrifi ekanini aytib o‘tgan va Eron TIV rahbariga G‘azodagi vaziyatni rivojlantirishdagi faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildirgan.

Shuningdek, Abdullohiyonning Qatarga borish rejalari haqida avval xabar berilmagan. Eron Tashqi ishlar vazirining Qatar hukumati vakillari bilan uchrashgani haqida ham ma’lumot yo‘q.

Abdullohiyon va Xoniya oxirgi marta 23 noyabr kuni Qatar poytaxtida uchrashgandi. O‘shanda ular G‘azodagi vaziyatni hamda Isroil va HAMAS o‘rtasidagi gumanitar sulh bo‘yicha kelishuvni muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Doha HAMAS Husayn Amir Abdullohiyon Ismoil Xoniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing