Eron terma jamoasining yana ikki a’zosi Avstraliyadan boshpana so‘radi
Sport
−
11:04 1440 1 daqiqa
Avvalroq, futbol bo‘yicha Eron ayollar terma jamoasining 5 nafar a’zosi o‘lim tahdidlaridan so‘ng Avstraliyadan boshpana olgan edi. Endilikda terma jamoaning yana ikki a’zosi Avstraliyadan siyosiy boshpana so‘rab, murojaat qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Kecha, 10 mart kuni Avstraliya Ichki ishlar vaziri Toni Burke Osiyo kubogidan so‘ng vataniga qaytishdan bosh tortgan besh nafar eronlik futbolchiga Avstraliyada qolish uchun viza berilishini e’lon qildi.
Manbaga ko‘ra, keyinchalik yana bir nafar ayol futbolchi hamda murabbiylar shtabining bir a’zosi ham Eronga qaytishdan bosh tortib, boshpana so‘ragan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 2 mart kuni Eron ayollar terma jamoasi Osiyo kubogining guruh bosqichida Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin oldidan mamlakat madhiyasini kuylashdan bosh tortgandi. Xabarlarga ko‘ra, Eron rasmiylari bu harakatni xiyonat sifatida baholagan. Ayrim shaxslar futbolchilarga mamlakatga qaytgandan so‘ng o‘lim tahdidlari ham yo‘llagan.
AQSH Prezidenti Donald Tramp Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albanese bilan telefon orqali suhbatlashganidan so‘ng, Avstraliya Eron ayollar terma jamoasi a’zolariga siyosiy boshpana berishga tayyorligini bildirgan edi.
Shu bilan birga, Eron Bosh prokuraturasi terma jamoa futbolchilari “xotirjam va ishonch bilan” mamlakatga qaytishi mumkinligini ma’lum qildi.
Live
Barchasi