Eron televideniyesi Trampning o‘ldirilishi uchun pul yig‘di

Olam

image

Eronning davlatga qarashli telekanali efirida AQSH Prezidenti Donald Trampni o‘ldirish uchun mukofot puli yig‘ishga chaqiriq yangradi. Boshlovchi Maryam Qosimiy tomoshabinlardan Trampning qotiliga beriladigan mukofot uchun qancha mablag‘ ajratishga tayyor ekanini so‘ragan. Bu haqda “JFeed” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur efir joriy yilning 15 avgust kuni namoyish etilgan. Qosimiy dastur davomida Trampning o‘limini tilab, uni o‘ldirish “sharafi” o‘ziga nasib etishini umid qilganini aytgan.

Boshlovchi tomoshabinlarga murojaat qilib, Trampni o‘ldirgan shaxsga beriladigan mukofot miqdorini oshirishga chaqirgan.

“Biz tomoshabinlarimizdan Trampning qotiliga qancha mukofot bergan bo‘lardingiz, deb so‘ramoqchimiz. Haqiqiy raqamlarni ayting. Menimcha, bu juda katta mukofot bo‘lishi kerak”, degan u.

Efir davomida ushbu maqsad uchun 81 million tuman, ya’ni 810 million Eron riali yig‘ilgani ma’lum qilingan. Keyinchalik o‘zini shifokor deb tanishtirgan fuqaro qo‘shimcha mablag‘ kiritib, umumiy summani 100 million tumanga yetkazgan. Dastlab yig‘ilgan 810 million rial taxminan 435 AQSH dollariga teng ekani qayd etilgan.

Nashrning yozishicha, Qosimiy efirda Eron xalqining umumiy istagi Trampning o‘limi haqidagi xabarni e’lon qilish ekanini ham ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron armiyasi qo‘mondoni Amir Hotamiy AQSH harbiy xizmatchisini o‘ldirgan yoki qo‘lga olib topshirgan shaxslarga 30 ming dollar mukofot berilishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing