Eron Tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 4 aprel kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Bugun, 5 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Eron muzokaralarida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi o‘zaro munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan. 

Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Tashrif dasturiga binoan Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbarining “Hazrati Imom” majmuasi va Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishi, Toshkentning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

91

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing