Eron Sulaymoniyning ortidan 50 kishini yerga qo‘ydi. General ko‘milgani yo‘q
Olam
−
07 yanvar 2020
10649Qosim Sulaymoniy bilan bilan vidolashuvda qurbon bo‘lganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda Eron mahalliy nashrlari yozmoqda.
Qayd etilishicha, vafot etganlar turli yoshdagi fuqarolar bo‘lgan.
Avvaliga 30 kishi vafot etgani, 190 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edik. Oradan ko‘p o‘tmay, qurbonlar 40 nafarga, jarohatlanganlar esa 213 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dodda Eronning tashqi siyosatidagi muhim figura, Yaqin Sharqdagi shia guruhlarini yo‘llantirib, 20 yildan buyon Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi “Al-Quds”ni boshqargan general Qosim Sulaymoniy AQSH havo zarbasi oqibatida halok bo‘ldi.
Sulaymoniy 5 yanvar kuni dafn etilishi kerak edi. Biroq, janoza marosimiga yuz minglab aholi to‘planishi va ommaviy tartibsizlik kelib chiqishi natijasida janoza boshqa kunga qoldirildi. Hozirgacha rasmiy Tehron Sulaymoniy qachon dafn etilishiga aniqlik kiritgani yo‘q.
LiveBarchasi