Eron Rossiyadan yordam so‘ramadi – Kreml

Olam

image

Yaqin Sharqdagi keskinlik ortib borayotgan bir vaqtda, Rossiya Erondan yordam ko‘rsatish, jumladan, qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha hech qanday murojaat olmagan. Bu haqda bugun, 5 mart kuni Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Bu holatda Eron tomonidan hech qanday murojaat bo‘lgani yo‘q. Bizning izchil pozitsiyamiz barchaga yaxshi ma’lum. Bu borada hech qanday o‘zgarish yo‘q”, deya javob bergan Peskov Rossiyaning Eronga yordam ko‘rsatish rejalari haqidagi savolga.

Ma’lumot uchun, Rossiya va Eron 2025 yil yanvar oyida “Har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risida”gi shartnomani imzolagan bo‘lib, u siyosat, iqtisodiyot, transport, energetika va gumanitar sohalarda uzoq muddatli hamkorlik doirasini belgilaydi, shuningdek, xavfsizlik masalalari bo‘yicha yondashuvlarni muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi.

Shu bilan birga, hujjatda ittifoqchilik majburiyatlari kabi o‘zaro harbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qoidalar mavjud emas: u tomonlardan birining boshqa tomon yonida avtomatik ravishda mojaroga kirishini nazarda tutmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqdagi mojaro fonida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In agar Eron xohlasa, o‘z raketalarini berishga tayyor ekanini aytgan edi. Biroq Eronning O‘zbekistondagi elchixonasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida elchi Muhammad Ali Iskandariy bu taklifni rad etib, Eron hech bir davlatdan yordam olmasligini va o‘zini himoya qilishga qodir ekanini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Rossiya Eron Yaqin Sharq Dmitriy Peskov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing