Eron Rossiyadan ilg‘or havo mudofaa tizimlarini so‘radi – OAV

Olam

image

Eron Isroil bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rish uchun Rossiyadan ilg‘or havo mudofaa tizimlarini so‘radi. Bu haqda bugun, 6 avgust kuni eronlik ikki manbaga tayanib “The New York Times” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Moskva allaqachon Tehronga zamonaviy radarlar va havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib bera boshlagan.

Kecha, 5 avgust kuni Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Eronning yangi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon va Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Bag‘eriy bilan uchrashdi. Shoygu va Bag‘eriy avvaliga yakkama-yakka gaplashib, keyin Rossiya delegatsiyasi a’zolari va Eron harbiy amaldorlaridan iborat kengroq yig‘ilish ishtirokchilariga qo‘shildi.

Shoygu Tehronga tashrifi davomida Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Akbar Ahmadiyon bilan ham muzokaralar o‘tkazdi.

“Rossiya mintaqaviy masalalarda Eron bilan to‘liq hamkorlik qilishga tayyor”, deb xabar qildi Eron OAVlari Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibiga iqtibos keltirgan holda.

Bag‘eriy, o‘z navbatida, ikki mamlakat o‘rtasidagi “chuqur, uzoq muddatli va strategik” munosabatlarni qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing