Eron Rossiyadan gaz sotib olishni boshlaydi
Olam
−
20 Sentabr 2022
6072Rossiyaning “Gazprom” transmilliy korporatsiyasi va Eron milliy neft kompaniyasi o‘rtasidagi kelishuv doirasida Eron tez orada rus gazini sotib olishni boshlaydi. Bu haqda “Fars” agentligi Eron neft vazirligi hisobotiga tayanib xabar berdi.
“Gazprom” va Eron milliy neft kompaniyasi o‘rtasidagi kelishuv Eron konlarini o‘zlashtirish, suyultirilgan gaz bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish va gaz quvurlarini qurish uchun ikki davlat o‘rtasida 40 milliard dollarlik strategik hamkorlikni nazarda tutadi.
Ushbu kelishuv doirasida Tehron tez orada Moskvadan Ozarbayjon hududi orqali to‘qqiz million kub metr gaz sotib olishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, Eron har kuni Rossiyadan Eron janubidagi mamlakatlarga suyultirilgan gaz ko‘rinishidagi almashinuv uchun olti million kubometr gaz oladi.
Avvalroq, Yevropa komissiyasi Rossiya gaziga yuqori narx chegarasini o‘rnatmoqchi emas, aksincha, neft va gaz kompaniyalarining ortiqcha foydasiga soliq joriy etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi