Eron Rossiya uchun yangi Shahed-107 dronini ishlab chiqdi – “Sky News”

Olam

image

Eron Rossiya uchun yangi Shahed-107 dronini ishlab chiqdi. Bu haqda “Sky News” telekanali nomi oshkor etilmagan manbaga tayanib, xabar berdi. 

Kanal suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, ushbu dron dumli V shaklidagi Shahed-101 uchuvchisiz uchish apparatlari oilasiga tegishli. Dronning uzunligi ikki yarim metrga yaqin, qanotlari uch metrga teng.

Qayd etilishicha, bu hujumchi va razvedkachi dron.

Taxminlarga ko‘ra, dronni transport vositasidan uchirish mumkin va uning parvoz masofasi taxminan 1500 kilometrni tashkil qiladi.

“Sky News” ta’kidlashicha, dron video translyatsiya uchun uzatuvchi, shuningdek, muhim nishonlarni qidirish texnologiyasi bilan jihozlangan.

Telekanal suhbatdoshiga ko‘ra, eronlik va rossiyalik mutaxassislar yangi dronni sinovdan o‘tkazgan va Eron rus harbiylariga ikki million dollardan ko‘proq evaziga bir necha dona dron sotib olishni taklif qilgan.

“Sky News” telekanalining Ukrainadagi manbasi yangi uchuvchisiz samolyot ishlab chiqilishi haqidagi iddao haqiqatga yaqin ekanini aytgan.

“Biz yuqorida qayd etilgan dronlarning yetkazib berilishidan katta xavotirdamiz”, deydi manba.

Rossiya Mudofaa vazirligi va Eron Tashqi ishlar vazirligi jurnalistlarning izoh so‘rashiga hozircha javob bergani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Shahed

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing