Eron Prezidenti Rossiyaga boradi

Olam

image

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Qozondagi BRICS sammitida qatnashadi va u yerda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu haqda Eronning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Kozim Jaloliy ma’lum qildi.

"Ha, menimcha, u Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida ishtirok etadi. Hozir biz ushbu tashrifga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz, shunda u ikki tomonlama munosabatlarimiz uchun foydali va muvaffaqiyatli bo‘ladi", deydi elchi. 

Kozim Jaloliyga ko‘ra, Prezident ikki tomonlama munosabatlar doirasida Rossiya rahbari Putin, shuningdek, boshqa rahbarlar bilan ko‘rishishni, Eron hamjamiyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar va sammitda nutq so‘zlashni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, 2024 yil 1 yanvardan boshlab BRICS raisligi Rossiyaga o‘tdi, u yil oxirigacha davom etadi va bu davr mobaynida keng qamrovdagi 200 dan ortiq tadbirlar tashkillashtiriladi. Joriy yil oktyabr oyida Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRICS sammiti raislikning asosiy voqeasi bo‘ladi. Eron bu tashkilotga 2024 yil 1 yanvarda qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin eronlik mavqedoshi Mas’ud Pezeshkiyonni ushbu sammitda ishtirok etishga taklif qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eron Vladimir Putin BRICS Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made