Eron Pokiston hududiga zarba berdi

Olam

image

Eron Pokistondagi “Jaysh al-Adl” jangari guruhining ikki qarorgohiga raketa va uchuvchisiz samolyotlari bilan zarba berdi. Bu haqda “Tasnim” axborot agentligi ma’lum qildi.

Hujum Pokistonning Balujiston viloyatidagi “Jaysh al-Adl”ning eng yirik qarorgohlaridan biri joylashgan hududga qaratilgan.

“Tasnim” xabariga ko‘ra, ikkala shtab ham vayron qilingan. Hujumning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

“Associated Press”ning ma’lum qilishicha, hujum oqibatida ikki bola halok bo‘lgan, yana uch nafari yaralangan. Pokiston bu hujumni Tehron tomonidan asossiz qoidabuzarlik deb atagan.

"Pokiston suverenitetini buzishni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi va bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin", deydi Pokiston Tashqi ishlar vazirligi.

“The Washington Post” qayd etganidek, Jaysh al-Adl sunniy jangari guruhdir.

Tehron “Jaysh al-Adl”ni terrorchi tashkilot deb biladi. Dekabr oyida guruh Siston va Balujistondagi politsiya bo‘limiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan va o‘shanda kamida 11 politsiyachi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Iroq va Suriyadagi “josuslik markazlari” va “Eronga qarshi terrorchilik guruhlari joylashgan nuqtalar”ga zarbalar bergandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Eron Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made