Eron Oliy rahbari mamlakatda referendum o‘tkazishga qarshi chiqdi

Olam

image

Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Homanaiy bir qator dolzarb masalalarni hal qilish uchun referendum o‘tkazish takliflariga qarshi chiqdi. Bu haqda davlat televideniyesi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Homanaiy mamlakat talabalar uyushmalari vakillarini qabul qilgan. Uchrashuvda Eron Oliy rahnamosi mamlakatda referendum o‘tkazish bo‘yicha takliflarni sharhlab, har bir masala umumxalq ovoz berish uchun asos bo‘la olmasligini ta’kidlagan.

“Har bir referendum 6 oy davom etadi. Dunyoning qaysi davlatida jamiyatni tashvishga soladigan har bir masala referendumga qo‘yiladi?” deb so‘radi Homanaiy.

Unga ko‘ra, xalq irodasini ro‘yobga chiqarishga yordam beruvchi mexanizmlar mavjud. Ya’ni prezidentlikka nomzodlar saylanadi, deputatlar saylanadi. Ular xalqning so‘zini olib yuradi. 

Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda Erondagi ayrim doiralar mamlakatda referendum o‘tkazishni, jumladan, mamlakat boshqaruv tizimi masalasida ham referendum o‘tkazishni talab qilmoqda. Ular orasida sobiq prezident Hasan Ruhoniy ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Eron referendum Homanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing