Eron Oliy rahbari “Quds”ning yangi qo‘mondonini tayinladi
Olam
−
03 yanvar 2020
10800Eron Oliy rahbari Oyatullo Ali Homanaiy vafot etgan general Qosim Sulaymoniy o‘rniga Ismoil Qoonini Islom inqilobi posbonlari korpusining “Quds” bo‘linmasi rahbari etib tayinladi.
Ismoil Qooni brigada generali hisoblanadi. U Eron-Iroq urushida qatnashgan. “Quds”ga rahbar bo‘lguncha Qosim Sulaymoniyning o‘rinbosari bo‘lgan va u bilan Yaqin Sharqda xizmat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 yanvar kuni “Quds” bo‘linmasining Yaqin va O‘rta Sharqda mashhur bo‘lgan generali Qosim Sulaymoniy AQSHning Bag‘dod aeroportida o‘tkazgan harbiy operatsiyasi natijasida halok bo‘ldi.
Eron Sulaymoniyning o‘limi uchun AQSHdan qasos olishga va’da berdi.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023